Senatorlar haydovchilarni tayyorlash, imtihonlar o‘tkazish va guvohnomani berish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Avtoraqamlarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, berish, ulardan foydalanish yoki qalbakilashtirish ham jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Senatorlar yo‘l harakati qoidalarini buzganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar 48 soat ichida YHXXga yuborilishi (va organ 15 kun ichida jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qilishi) kerak bo‘lgan, aks holda haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilmaydigan tuzatishlarni ma’qulladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting